Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) faxriy prezidenti va elchisi sifatidagi vakolatlari to‘xtatildi.

Bu haqda federatsiya rasmiy sayti xabar berdi.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, bu qaror Ukrainada davom etayotgan harbiy mojarodan kelib chiqqan holda qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinga XDF faxriy prezidentining vakolat sertifikati 2008 yilda topshirilgan edi.