“TASS”ning Koreya Respublikasi markaziy saylov komissiyasi ma’lumoti bilan asoslagan xabariga ko‘ra, mamlakatda prezidentlik saylovi oldidan tashviqot ishlari boshlandi.
Ikki hafta davomida siyosiy partiyalar va ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar tashviqot bilan mashg‘ul bo‘ladi. Prezidentlikka nomzod etiba ro‘yxatga olingan14 kishi da’vogarlik qilyapti.
Amaldagi “Toburo” demokratik partiyasi nomzodi Li Chje Myonu birinchi raqamli nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Keyingi o‘rinlarda “Fuqaroviy kuchlar” muxolifat partiyasidan Yun Sok Yol, “Adolat” partiyasi vakili Sim San va Xalq partiyasi nomzodi An Chxol Su qayd etilgan.
Koreya Respublikasi prezidenti saylovi 9 martga belgilangan. Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, prezident bir muddatga saylanishi tufayli amaldagi davlat rahbari Mun Chje In saylovda ishtirok eta olmaydi.