O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo davlatlari – Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etadi.
XXR Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbir kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi, ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi va amaliy hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilab olinadi.
Onlayn sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.