Respublikachilar partiyasi vakillari AQSHning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchini COVID-19ning laborator kelib chiqishi versiyalari xususidagi ma’lumotni yashirgan, deya gumon qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” yozgan.

Kongressmenlar Jeyms Komer va Jim Jordanning so‘zlariga ko‘ra, Fauci 2020 yil fevral oyida virusning laboratoriyadan sizib chiqishi ehtimoli mavjudligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Faqat u ayni ma’lumotni rasmiylar bilan baham ko‘rganmi yoki yo‘qmi, noma’lum.

“Biz ilgari noma’lum bo‘lgan elektron pochta xabarlarini yuzaga chiqardik. Binobarin, doktor Fauci Uxandagi laboratoriyadan COVID-19 ning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotni yashirib qo‘ygan va nazariyani ataylab qisqartirgan bo‘lishi mumkin”, – deya izoh yozgan kongressmenlar ijtimoiy tarmoq orqali.

Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Xaver Besseraga murojaat qilib, vaziyatga izoh berish va Faucini ushbu masala bo‘yicha fikrini tinglashga taklif etdi.

O‘tgan yil mart oyi oxirida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari Xitoyning Uxan shahriga tashrif buyurgan edi. O‘shanda laboratoriyadan COVID-19 ning sizib chiqishi ehtimoli yo‘q, degan xulosaga kelingan. Hisobotda JSST mutaxassislari koronavirus odamga ko‘rshapalak yoki boshqa hayvondan yuqishi mumkinligini taxmin qilishgan.