Nukusda “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” haftaligi doirasida “Kelajak liderlari” forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kadrlar seleksiyasi orqali hududlarda yuqori darajadagi mutaxassis xodimlar toifasini va yangi avlodlar orasidan istiqbolli kadrlarning zaxirasini shakllantirishda “Kelajak liderlari” klubining o‘rni alohida ekanligi ta’qidlandi. Kelajakda klub a’zolari va yoshlarning o‘z bilimi va salohiyati bilan yurtimizning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirildi.

O‘zlarining tashabbus va g‘oyalari bilan loyihalar ishlab chiqib, bir qator tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, shu jumladan, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarga sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov ishtirok etdi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA