Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida MSK Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik, erkinlik va adolat kabi umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
24 oktyabr kungi saylovlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz oldi.
Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchilardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz bilan birga hisoblaganda 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80,4 foizidan iboratdir. 421 ming 176 nafar saylovchi joriy yilning 14 oktyabrdan 20 oktyabrgacha o‘tkazilgan muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.
N.Nasriyev, O‘zA