Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Umumparlament Assambleyasi missiyasi hamda MDH mamlakatlaridan kelgan kuzatuvchilar ishtirokida brifing o‘tkazildi.

MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedevning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirildi. Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora bo‘ldi. Shuningdek, demokratik saylovlarning umumiy e’tirof etilgan tamoyillariga to‘la javob berdi.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish bo‘yicha taklif olganimizning keyingi kuniyoq, mamlakatingizdagi saylov jarayonlarini internet, ommaviy axborot vositalari orqali kuzatishni boshladik. MDH kuzatuvchilar missiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlarida bo‘lishdi. Saylov jarayonlari tartibli, xalqaro standartlar va normalar asosida o‘tdi, deb ayta olamiz. Saylov uchastkalari barcha saylov materiallari, nomzodlar haqidagi ma’lumotlar, axborot materiallari bilan ta’minlangan. Bu albatta, saylovchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Bu yilgi saylovlarning o‘tgan saylovlardan farqini jurnalistlar ko‘p bora so‘rashdi. Joriy Prezident saylovi yangi Saylov kodeksi asosida o‘tkazildi. Saylov kodeksida bir qator o‘zgarishlar bo‘lganini guvohi bo‘ldik. Yana bir muhim yangilikni aytmoqchimizki, saylovchilar ro‘yxati aniq shakllantirilishi bo‘ldi. Saylovchilarning elektron ro‘yxati o‘ta aniqlik bilan shakllantirilgan.

O‘tgan saylovlarda, nafaqat O‘zbekistonda balki boshqa mamlakatlarda ham saylov uchastkalarini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tish saylovchilarga ancha noqulayliklar keltirib chiqarayotgan edi. Bu saylovlarda ushbu muammolar bartaraf etilgan. Har bir saylovchi tegishli saylov uchastkasiga biriktirilgan. Bunda texnik jihatlar ham tahsinga loyiq, deyiladi ma’lumotda.

 

N.Nasriyev,

O‘zA