Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Bag‘dod tumanidagi Guliston mahallasida Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuvni nomzodning Farg‘ona viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Enaxon Siddiqova ochdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar Farg‘ona viloyatida ham izchil davom ettirilayotgani, jumladan, qisqa fursatda chekka Bag‘dod tumanida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, ko‘rkam shaharcha bunyod etilgani ta’kidlandi. Joriy yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘tarinki ruhda tayyorgarlik ko‘rilayotgani qayd etildi.
Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga berildi.
Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qilmoqda.