Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish bo‘yicha boshlangan ishlar davom ettiriladi.

Avvalo, jamoat transporti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. 3 ming kilometr ichki yo‘llar yangilanadi, 10 ta zamonaviy ko‘prik quriladi.

Poytaxtimizni ko‘kalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkazilib, 9 ta jamoat parki, 20 ta xiyobon, 250 kilometr velosiped va piyodalar yo‘lakchalari barpo etiladi.

Toshkentning oqova tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida, yangi tozalash inshooti barpo etiladi.

Chirchiq daryosining 16 kilometrlik qirg‘og‘ini qayta tiklash hisobiga, 500 gektar yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Bu joyda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va aholi turar-joylari bunyod etiladi.

 

O‘zA