“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi davom etmoqda.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimizga davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llamoqda.

Siz istiqlol farzandlari, ozod va erkin, hur fikrli insonlar sifatida hayotga dadil kirib kelayotganingiz biz uchun eng katta baxt, katta davlatdir.

Men ishonaman, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini puxta egallab, biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirasiz!

Yuksak g‘ayrat-shijoatingiz va fidokorona mehnatingiz bilan yurtimizda yangi O‘zbekistonni – uchinchi Renessansni bunyod etishga albatta qodir bo‘lasiz!

Hech qachon bo‘sh kelmang, aziz farzandlarim! Sizlarga hamisha baxt va omad yor bo‘lsin!”, dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA