“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi davom etmoqda.

Tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimizga davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llamoqda.

Davlatimiz rahbari bayram tabrigida mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritmoqda.

“Xabaringiz bor, yaqinda tadbirkorlar bilan yangi formatdagi uchrashuv o‘tkazdik.

Unda mamlakatimiz bo‘yicha 10 mingdan ziyod ishbilarmonlar qatnashdi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida 15 mingdan ortiq taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganilib, tadbirkorlar ko‘targan masalalar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Biz milliy iqtisodiyotimizda haqiqiy bozor munosabatlarini joriy etish, shu asosda mamlakatimizni taraqqiy ettirish uchun tadbirkorlarga bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratib beramiz.

Nega deganda, tadbirkor – iqtisodiyotning, islohotlarimizning asosiy tayanchi va lokomotividir.

Mana shu haqiqatni hech kim unutmasligi kerak, dedi Prezidentimiz.