Singapur tadqiqotchilari insondagi tuyg‘ularni sezish imkoniyatini beruvchi va «shikastlanganda» o‘zini xuddi inson kabi tiklaydigan «aqlli» robot qo‘l ishlab chiqdi. Sun’iy ravishda innervatsiya qilingan ushbu qo‘l — AiFoam — yuqori elastik polimer, Singapur Milliy universiteti tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, «jarohat olganda» osongina qayta tiklanadi.
— Robototexnika va protezlash qurilmalarini yasashda odamlar yetarlicha ehtiyotkor bo‘lishi lozim, — deydi yetakchi tadqiqotchi Benjamin Ti. — Olimlar robotni mikroskopik metall zarralari va mayda elektrodlar orqali ikki yil davomida yasadi. Protezga ehtiyoji bor insonlarga robot qo‘llari intuitiv foydalanishga imkon berishi mumkin.
Ushbu robot qo‘l besh yil ichida amaliy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.