Prezident matbuot kotibi davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvali haqida quyidagilarni ma’lum qildi:
– Bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi.
Seshanba kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, payshanba kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi. Hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan. Bu haqda qo‘shimcha tarzda batafsil ma’lumot beramiz, – dedi Sherzod Asadov.
O‘zA