Mamlakatimizda shu yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy emlash jarayonlari kechmoqda. Aksariyat fuqarolarimizda bir turdagi vaksinani olgan bemor keyingi bosqichlarda boshqa vaksinani olishi mumkinmi, degan savol tug‘ilmoqda.

SSV qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayevaning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanayotganlar qaysi vaksinada emlanishni boshlagan bo‘lsalar, barcha bosqichlarda shu vaksina bilan emlanishlari kerak.

– Vaksinalarni emlash tartibi, ular har bir vaksinada turlichadir, bu tartibning saqlanishi aynan shu vaksina yordamida organizmda eng yuqori darajada antitanachalar hosil qilish imkoniyatini beradi, – deydi S.Ubaydullayeva. – Biror vaksinani ola boshlab, keyin ikkinchi vaksina bilan emlansa, birlamchi olingan vaksina to‘liq olinmagan bo‘lib, u samarasiz emlash deb baholaniladi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA