Pentagon Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zining Afg‘oniston va Iroqda joylashgan harbiy kuchlari qisqarganini e’lon qildi.
Avvalroq AQSH mudofaa vaziri Kristofer Miller ushbu ikki davlatdagi Amerika kontingenti 15 yanvargacha 2,5 mingtagacha kamaytirilishi to‘g‘risida bayonot bergandi. Bu qarorga prezident Donald Trampning qo‘shinlarni qayta guruhlarga bo‘lish rejasiga oid farmoyishi asos bo‘lgan.
“Bugundan boshlab AQSHning Afg‘onistondagi harbiylari soni 2,5 ming kishini tashkil etadi. Prezident Tramp farmoyishiga ko‘ra amalga oshirilgan, men o‘tgan yil 17 noyabrda e’lon qilgan ushbu qisqartirish to‘g‘risidagi qaror AQSHning mazkur davlatdagi qo‘shinlari soni 2001 yildan buyog‘iga eng kam miqdorga yetib keldi”, – deyiladi Miller bayonotida.
Iroqdagi harbiylarni kamaytirish bo‘yicha ham xuddi shunday alohida qaror chiqarilgan: “Bugun prezident Tramp ko‘rsatmasiga binoan, AQSHning Iroq davlatidagi harbiylari soni 2,5 ming nafarga kamaytirildi”.
O‘zA