Jahon mamlakatlarida “Oʻqituvchilar kuni” qanday nishonlanadi?

Oʻqituvchilik – insondan sabr-toqat, tafakkur va bilim talab etishi bilan birgalikda, unib kelayotgan yosh nihollarga cheksiz mehr koʻrsatadigan xislatni oʻzida mujassamlashtirgan kasb egasidir.
“Oʻqituvchilar kuni” esa shunday ustozlarga boʻlgan hurmat va ehtiromni koʻrsatishingizga imkon yaratadi.
Dunyo boʻylab turli davlatlarda bu kun bayram sifatida qanday nishonlanishini bilasizmi? Quyida bu sharafli kasb egalarining mehnatlari eʼtirof etiladigan kun dunyo miqyosida qanday nishonlanishini bilib olasiz.
1966-yildan buyon 5-oktyabr kuni bir qancha mamlakatlarda “Butunjahon oʻqituvchilar kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sana Xitoyda 10-sentyabr deb belgilangan. Oʻquvchilar va talabalar bu kuni oʻz ustozlarini tabriklab, ularga gullar, sovgʻalar taqdim etishadi, bayramona tadbirlar, festivallar oʻtkazishadi.
Hindistonda esa mamlakatning 2-prezidenti boʻlgan Sarvepalli Radxakrishnan tugʻilgan kuni sanasi – 5-sentyabrda “Oʻqituvchilar kuni” bayram qilinadi. Shu kuni oʻquvchilar oʻqituvchilar bilan oʻrin almashib, ustozlar oʻrniga dars oʻtishadi.
photo_2020-10-01_10-51-11.jpg
Argentinada esa bu kun sobiq prezident Domingo Faustino Sarmento xotirasiga bagʻishlanib, 11-sentyabrda milliy bayram sifatida nishonlanadi.
photo_2020-10-01_10-51-12.jpg
Chexiyada muallimlar kunini ilmiy pedagogika asoschisi Yan Amos Komenskiy tugʻilgan kuni sanasi – 28-martda keng nishonlashadi. Uning xotirasiga bagʻishlab 1994-yildan buyon oʻtkaziladigan tanlovda yilning eng yaxshi tarbiyachisi “Oltin Amos” mukofotini qoʻlga kiritadi.
photo_2020-10-01_10-51-13.jpg
Braziliyada oʻqituvchilar kuni 15-oktyabrda nishonlanadi va shu kuni ular sharafiga bayramlar tashkil etiladi, ota-onalar shirinliklar olib kelib ularga ehtirom koʻrsatishadi.
photo_2020-10-01_10-51-13 (2).jpg
Arab davlatlarida bu bayram 28-fevral kuni nishonlanib, yosh avlodni bunday sharafli kasbni tanlashga undash maqsadida turli tadbirlar uyushtiriladi.
photo_2020-10-01_10-51-14.jpg
Avstraliyada “Oʻqituvchilar kuni” har yil oktyabr oyining oxirgi jumasida keng nishonlanadi va koʻchalar turfa xil rangli chiroqlar bilan yasatiladi, mamlakat boʻylab bayram salyutlari otiladi.
photo_2020-10-01_10-51-15.jpg
Yaponiyada esa oʻqituvchilar kuni bayram qilinmaydi. Bu ularning mashaqqatli kasbiga nisbatan hurmatsizlikdan emas, balki ularni yilda bir kun emas har kuni eʼzozlashganlaridan. Yaponiyada oʻqituvchi eng obroʻli va izzat-hurmatga loyiq inson hisoblanadi.
Ular uchun metrolarda alohida oʻrinlar ajratilgan, aynan ularga alohida maxsus doʻkonlar xizmat koʻrsatadi va ular har qanday transport vositasi uchun chipta olishlarida navbatda turishmaydi. Yapon oʻqituvchilari deyarli har kunlarini bayramday oʻtkazishsa, ularga bu kunni nishonlashga ne hojat?
photo_2020-10-01_10-51-15 (2).jpg

 

Sarvinoz AHMEDOVA