Yaponiyada aqlli niqob-tarjimon yaratildi
Yaponiyaning robot ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotgan kompaniyasi, egasining soʻzlarini boshqa tillarga tarjima qilib beradigan niqob yaratdi, deb xabar qiladi Travel and Leisure.

Niqob nafaqat egasini koronavirusdan himoya qiladi, balki uning soʻzlarini dunyoning toʻqqiz tiliga tarjima qilib ham beradi. Ingliz, Fransuz, Indoneziya, Ispan, Yapon, Xitoy, Koreys, Tailand va Vyetnam tillarini biladigan ushbu niqob ilova orqali Bluetoothda smartfonga ulanadi.

Rejaga koʻra, yangi ixtiro sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Niqob dastavval faqat Yaponiyaning oʻzida sotiladi, keyinroq Xitoy, Yevropa va AQSH bozorlariga chiqariladi. Xabarda tarjimon niqobning narxi 40 dollar turishi aytilmoqda.

 

OʻzA