Ob-havo maʼlumoti: Ertaga ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14-may kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-18, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 18-23, ayrim joylarda 25 darajagacha daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

OʻzA