Universitet talabalarining qoʻl berib soʻrashishi taqiqlandi

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalarning qoʻl berib soʻrashishi aloqa cheklandi. Universitet rektori dunyoda keng tarqalib borayotgan koronavirus (COVID-19) yuqumli kasalligining oldini olish maqsadida talabalar orasida mazkur taqiqni joriy qilgan.
Ushbu oliy oʻquv yurti talabalari bir-birlari bilan qoʻl berib soʻrashishdan tiyilmoqdalar. Kasalni davolashdan koʻra uning oldini olgan maʼqul.
Bu borada boshqa universitetlarda cheklovlar yoʻq. Maktablarda oʻquvchilardan tez-tez qoʻllarini sovunlab yuvish talab qilinmoqda.

 

OʻzA