Senat yalpi majlisida ilk bor yoshlar ishtirok etmoqda

Bugun Senat ikkinchi yalpi majlisining yana bir oʻziga xos jihati bor. Yaʼni, yalpi majlisda birinchi bor yoshlar ishtirok etmoqda.
Ularning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.
– Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ilk bor yoshlar nomidan ishtirok etyapmiz. Bundan juda xursandmiz. Chunki, odatda qonun loyihalari muhokamasini televideniye yoki saytlarda kuzatardik. Albatta har bir siyosiy jarayonda yoshlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun loyihalari muhokamasida yoshlarning ham qatnashishi, fikrlarining inobatda olinishi qiziqarli jarayon. Senatda qonun muhokamasi qay tarzda kechishi, qonunlar qanday maʼqullanishi doim yoshlarni qiziqtirgan. Bugun bunga guvoh boʻlamiz, – dedi Shohrux Mashrapov.

 

Nurillo NASRIYEV,OʻzA