O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 24 dekabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar va yevro kurslari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan arzonlashgani qayd etildi.
1 AQSh dollari 9516 so‘m 37 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 16 so‘m 3 tiyinga arzonlashgan.
1 yevro kursi 10542 so‘m 23 tiyin qiymatda baholanib, 56 so‘m 85 tiyinga arzonlshgan.
1 rubl esa 152 so‘m 94 tiyinga tenglashib, 1 so‘m 37 tiyinga qimmatlashgan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
O‘zA