Mamlakatdagi eng yirik daryolardan biri oʻzanidan toshdi, qurbonlar bor

“Deyarli hafta davomida yogʻayotgan musson yomgʻirlari tufayli Hindistonning Assam shtatida 5,7 millionga yaqin aholi suv toshqinlari ichida qoldi”, deyiladi mahalliy favqulodda xizmatlar maʼlumotida.
Avvalroq, 151 ming aholi koʻchirilgani, 33 okrugning 30 tasi tabiiy ofatdan zarar koʻrayotgani, 4600dan ortiq qishloq suv ostida qolgani aytilgandi.
11 ta daryo, jumladan, Hindistondagi eng yirik daryolardan biri – Braxmaputra oʻzanidan toshgan.
30 kishi halok boʻlgan, evakuatsiya davom etmoqda. 15 guruhdan iborat qutqaruvchilarga armiya va aviatsiya yordam koʻrsatmoqda.

 

OʻzA