Samimiy qutlovlar

Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda mamlakatimiz xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdishayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

 

OʻzA