Dmitriy Medvedev Xorazmga keldi

Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya30-may kuni Xorazm viloyatiga keldi.
Urganch xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov kutib oldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishida ishtirok etadi.
1.JPG
Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli boʻlib, unda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 24-aprelda boʻlib oʻtgan yigirmanchi yigʻilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.
14.JPG
Yigʻilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

 

A. SHOKIROV, A’lo ABDULLAEV (surat), OʻzA