AQSHning Yaponiyadagi harbiy bazasida portlash sodir boʻlgan. Bu haqda TASS “ Kyodo” ga asoslanib xabar beradi.
Qayd etilishicha, begona shaxslar Okinava orolining janubiy qismida joylashgan Kemp-Dzukeran bazasi toʻsiqlarini buzib, ichkariga kirishga muvaffaq boʻlgan. Shundan soʻng bosqinchilar bazadagi gaz ballonini portlatgan. Hodisada hech kim jabr koʻrmagan.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, Kepm-Dzukeran bazasida AQSH dengiz piyoda kuchlari shtabi joylashgan.
OʻzA