Moskva AQSH va Shimoliy Koreya muzokaralari Koreya yarim orolidagi qurolsizlanishga hissa qoʻshsa, sammit yakunlarini olqishlaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov fikr bildirgan.
Agar Tramp va Kim Chen In uchrashuvi Shimoliy Koreya yadro quroliga oid muammoni bartaraf etishga xizmat qilsa, bu Koreya yarim orolidagi keskinlikni yumshatadi.
“Rossiya rahbariyati bu natijani qoʻllab-quvvatlaydi”, dedi Peskov.
Maʼlumot uchun, bugun Xanoyda Tramp Kim Chen In bilan uchrashadi.
OʻzA