Xitoyliklardan yangilik: bukiluvchan bilakuzuk-smartfon

Maʼlumki, Samsung va Huawei kompaniyalari bu yil bukiluvchan smartfonlar ishlab chiqarishni asosiy maqsad qilib qoʻygan. Boshqa kompaniyalar ham bunday loyihadan ortda qolmoqchi emas. 
Philips kompaniyasining vorisi, Palm va BlackBerry qurilmalari ishlab chiqaruvchisi Xitoyning TCL brendi bukiluvchan smartfon variantini tayyorlamoqda. Brend tomonidan besh qurilmaga patent olingan boʻlib, ularning toʻrttasi dizaynida hech bir yangilik yoʻq. Lekin beshinchi qurilma dizayni mutlaqo yangi boʻlib, bilak atrofida bemalol aylana oladi. Xuddi kinolarda koʻrganimiz bilakuzuk-smartfonni kutib olamiz.
Yangi qurilma mohiyatiga koʻra aqlli soatlar va boshqa smartfonlar kabi taqib yuriluvchi gadjetlar sirasiga kiradi. Katta va ogʻir gadjetni bilakka taqib yurish juda qulay. Bilakuzuk-smartfon bukiluvchan smartfon gʻoyasini rivojlantirish natijasi boʻlib koʻrinish mumkin. Aslida unday emas.
Bundan uch yil avval Lenovo bukiluvchan va yigʻiluvchan modellarni, jumladan, bilakuzuk-smartfon gʻoyasini taqdim etgan edi. Undan ham ilgariroqqa – 2010 yilga nazar solsak, Nokia oʻshandayoq Morph nomli shunday variant ustida ishlagan. Ammo natija boʻlmagandi.
Har narsaning oʻz vaqti bor, deganlaridek bu yil bukiluvchan smartfonlar hayotimizga kirib kelishi aniq.

 

OʻzA