“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur“, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yoʻnalishda investitsiyalar jalb etish zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
OʻzA