Yoshlarning badiiy asarlar haqida oʻzaro bahslashayotganini koʻrish kishiga zavq bagʻishlaydi

Nukusda “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
11.JPG
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan koʻrik-tanlovning ushbu bosqichida 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasidagi kitobxonlar bilimi va dunyoqarashi sinovdan oʻtkazildi.
23.JPG
10-14 yoshli ishtirokchilar oʻrtasida Toʻrtkoʻl tumanidan Shahzoda Karimboyeva, 15-19 yoshli kitobxonlar oʻrtasida Kegeyli tumanidan Nursulu Kokanova, 20-30 yosh toifasida Ellikqalʼa tumanidan Abbos Reimov birinchi oʻrinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yoʻllanma oldi.
– Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida kitobga qiziqish va mutolaa madaniyati oshib borayotgani quvonarlidir, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisi oʻrinbosari Bibijan Aralbayeva. – Bunda, albatta, mana shunday amaliy targʻibot tadbirlarining ahamiyati katta. Nukus shahar Yoshlar markaziga har kuni yuzlab yoshlar tashrif buyurib, boʻsh vaqtini kutubxonada oʻtkazmoqda. Ularning oʻzlari mutolaa qilgan badiiy asarlar haqida oʻzaro bahslashayotganini koʻrish kishiga zavq bagʻishlaydi.
Gʻoliblarga tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA