Ishbilarmonlar qulay fursatni qoʻldan bermayaptilar

“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 143 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1569 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 53 mlrd. 160 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan 7 mlrd. 775 mln. 143 soʻm miqdorga sotildi.
Joriy yilning 11 oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilmoqda.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3563 ta boʻsh yer uchastkalari, 932 mlrd. 711 mln. soʻm investitsiya kiritish, 14312 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 31mlrd. 750 mln.soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1395ta boʻsh yer uchastkalari 380 mlrd. 75 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5859 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 9 mlrd. 701mln. 103 mingsoʻmga sotildi.
Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2168 ta boʻsh yer uchastkalari 29 mlrd. 502 mln. 462 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 103 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 1039 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 40 mlrd. 625 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 130 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 15 mlrd. 775 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 411 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 39 mlrd. 680 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 111 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 470 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 27 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 208 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 660 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 501 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 331 mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 154 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
– Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 366 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
– Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 150 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 640 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 118 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 210 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 330 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 143 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1569 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 53 mlrd. 160 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan 7 mlrd. 775 mln. 143 soʻm miqdorga sotildi.
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI
“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
 
ROʻYXATI
 
photo5454139232609216978.jpg
photo5454139232609216979.jpg
photo5454139232609216980.jpg
photo5454139232609216981.jpg

 

O’zA