Nukus shahrida poyabzal ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda

“Orient technology“ qoʻshma korxonasi qoshida tashkil etilayotgan korxonada Italiya texnologiyasi asosida ishlaydigan asbob-uskunalar olib kelib, oʻrnatish buyicha xorijlik sheriklar bilan shartnomalar imzolandi. 
5.jpg
– Ayni paytda obyektning kurilish-montaj ishlari olib borilmoqda, – deydi “Orient technology“ qoʻshma korxonasi bosh menejeri Ulugʻbek Radjabov. – Ushbu loyihani amalga oshirish bilan Oʻzbekiston Respublikasida jahon bozorida raqobatbardosh Yevropa standartlariga javob beradigan tayyor charm va charm buyumlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Korxona ishga tushishi bilan yangi 200 ta ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan.
6.jpg
Italiya asbob-uskunalari bilan jihozlangan “Orient texnology“ MCHJ terini qayta ishlash korxonasi 2010 yilda Nukus shahrida tashkil etilgan. Korxonada yirik va mayda shoxli qora mol terilaridan xromli yarim tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Zavodning quvvati yiliga 4800 tonna xom ashyo terini qayta ishlash imkonini beradi.
3.jpg

 

Ye.Qanoatov, OʻzA