Mashhur futbolchining oʻgʻli jiddiy jarohat oldi

Fransiyalik mashhur futbolchi Liliana Tyuramning oʻgʻli Markus Tyuram “Gengam” jamoasi hujumchisi hisoblanadi.
Markus kecha chempionatning 7-turi doirasida “Nim”ga (0:0) qarshi oʻyinda jiddiy jarohat oldi. 21 yoshli fransiyalik futbolchi ushbu uchrashuvda maydonni zambilda koʻzlarida yosh bilan tark etdi. Hozircha uning jarohati haqida maʼlumotlar berilmayapti.
Maʼlumot uchun, Markus joriy mavsum 7 oʻyinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3 gol urishga muvaffaq boʻlgan.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA