Osiyo taraqqiyot banki “Oʻzbekneftgaz” AJga korporativ rivojlanishda koʻmak koʻrsatishi mumkin

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Osiyo taraqqiyot bankining “Oʻzbekneftgaz” AJ faoliyatiga doir korporativ oʻzgarishlarni amalga oshirishdagi yordami, “Oʻzbekiston Respublikasining gazni uzatish tizimini texnik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi”ni moliyalashtirishdagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.
03.jpg
Endilikda Osiyo taraqqiyot banki jalb qilgan neft-gaz sohasining mutaxassislari dunyoning yetakchi neft-gaz kompaniyalari tajribasini oʻrganib, tadqiqot olib boradi. Shu tariqa ilgʻor tajriba oʻrganilib, “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimiga tatbiq etiladi.
Gaz-transport tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihaning amalga oshirilishi Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi savdo aylanmasini oshirish imkonini beradi. Bu esa Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining asosidir.
Uchrashuv davomida loyihani moliyalashtirishdagi dastlabki shartlar eʼlon qilindi. Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 5 aprelida ushbu loyiha boʻyicha zarur maʼlumotlarni almashish maqsadida tomonlar “Maxfiylik toʻgʻrisidagi bitim”ni imzolagan edi.

 

Ulugʻbek Asrorov, OʻzA