Brayan Mak Fiters Oʻzbekistonga keladi

Ertaga AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, delegatsiyaga AQSH Davlat kotibi iqtisodiyot va biznes masalalari boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari Brayan Mak Fiters boshchilik qiladi.

Tashrif dasturida Vazirlar Mahkamasida, Tashqi ishlar, Tashqi savdo, Iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarida muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan boʻlib, mazkur uchrashuvlar chogʻida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

 

OʻzA