Nukus shahridagi Darbent mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan 2024 yil davomida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan 62 nafar fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun 735 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Natijada jami 313 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Mahalla hududida o‘tgan yili tadbirkor Asilbek Jumamurodov tomonidan yangidan tashkil qilingan non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexida 4 nafar xotin-qizning ish bilan bandligi ta’minlangan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati yuqori, bozori esa chaqqon. Ushbu mahsulotlar har kuni buyurtma asosida hududdagi savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA