Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatarda joylashgan yetakchi IT xizmatlari va yechimlari provayderi Meeza kompaniyasi bosh direktori Mohamed Ali Al-Gaytani bilan raqamli va texnologik sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muzokaralar o‘tkazdi.
Ushbu kompaniya Qatarda joylashgan IT -xizmatlari va yechimlari provayderi hisoblanadi. Kompaniya IT-xizmatlari, bulutli texnologiya yechimlari, kiberxavfsizlik va ma’lumotlar markazi xizmatlarini o‘z ichiga olgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonda IT -infratuzilmani yanada rivojlantirish, malakali mutaxassislar zaxirasidan foydalangan holda autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ikkala tomon ham o‘z hududlarida raqamli innovatsiyalarni ilgari surish va texnologik imkoniyatlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida qiziqish bildirdi.
N.Rahmonova,
O‘zA