So‘nggi yillarda dunyoda meningitga tez tarqaluvchi kasallik sifatida qaralmoqda va bunga qarshi tizimli emlash ishlari tashkil qilib kelingan.
Jumladan, Haj va Umra ziyoratlarini ado etishga otlangan har bir o‘zbekistonlik bu vaksina bilan emlangan.
Biroq, oxirgi vaqtlarda vaksinani qabul qilish masalasiga e’tiborsizlik bilan yondashilmoqda.
Meningit esa — jiddiy kasallik bo‘lib, o‘z vaqtida aniqlanmasa va davolanmasa, og‘ir asoratlar va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Bu kasallik to‘satdan boshlanib, tana haroratining yuqori darajaga ko‘tarilishi, kuchli bosh og‘rig‘i, bo‘yin mushaklarining qisqarishi va tortilib qolishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish (bolalarda diareya), qizil yoki ko‘kimtir toshmalarning paydo bo‘lishi hamda ong buzilishi alomatlari bilan namoyon bo‘ladi.
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov(video), O‘zA