Nukusda gandbol bo‘yicha bir hafta davomida erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi yakunlandi.

E’tiborlisi, bir necha yildan buyon mamlakat kubogini qo‘ldan boy bermay kelayotgan Olmaliq shahrining OKMK erkaklar va ayollar jamoasi qoraqalpog‘istonlik gandbol ustalariga ikkala birinchilikda ham boy berib o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.

Jumladan, ayollar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchi, OKMK jamoasi ikkinchi, Samarqand viloyati jamoasi uchinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ikkinchi o‘rinni OKMK, uchinchi o‘rinni Xorazm viloyati “Ma’mun universiteti” jamoalari qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.