Koreya Respublikasining Seul shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ishtirok etdi.
20 yoshli Faryozbek Do‘smatov ushbu boks oqshomida koreyalik Sang Hyon bilan jang olib bordi. -55 kilogramm vazn toifasida o‘tgan jang musobaqa nizomiga muvofiq 8 raund davom etdi. Shiddatli kechgan jangda Faryozbek Do‘smatov ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, ushbu boks kechasida ishtirok etgan yosh professional bokschilarimizdan Sirojbek Ismoilov, Shahzodbek Sharobiddinov, Egamberdi Nuriddinov o‘z vazn toifalarida raqiblaridan ustun keldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA