Milliy matbuot markazida joriy yilning 23-27 oktyabr kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida bo‘lib o‘tadigan “FIA Motorsport Games 2024” musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasi vakillari Avtosport olimpiadasi bo‘lgan mazkur poygalarda O‘zbekiston terma jamoasining munosib ishtirok etishi borasida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari holati xususida to‘xtalib o‘tdi.

Jurnalistlarning savollariga javob berish asnosida mutasaddilar “FIA Motorsport Games 2024” musobaqalarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan har bir avtosportchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA