AQSH Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi (NASA) olimlari 11 yillik turkum davomida Quyosh faolligining eng yuqori davri boshlanishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Fazoviy agentlik saytida xabar berildi.

NASA tuzilmalari – Okean va atmosfera tadqiqoti milliy boshqarmasi (NOAA) hamda Quyosh turkumini bashorat qilish xalqaro guruhi taxminicha, faollik keyingi yil ham davom etishi mumkin.

Aylanish Quyosh past magnit faollikdan yuqori magnit faollikka o‘tadigan tabiiy jarayondir. Har 11 yilda, ya’ni quyosh turkumi balandligida Quyoshning magnit qutbi o‘rni o‘zgaradi. Bu Yerda Shimoliy va Janubiy qutb har o‘n yilda o‘rin almashishiga teng. Quyosh tinch holatdan ko‘proq faol va notinch joyga o‘tadi.
Mutaxassislar muayyan o‘zgarishni, oxir-oqibat faollikni aniqlash va bashorat qilish uchun quyoshdagi dog‘larni kuzatadi.

Astronomlar dog‘, ya’ni Quyosh yuzasida, sirtni kesib o‘tgan magnit maydoni chiziqlari Quyosh tanasidan chiqadigan joylarni atrofdagilarga nisbatanqorong‘i dog‘ sifatida ta’riflaydi.

Quyosh dog‘i Yerdan bir necha marta katta va har doim qorong‘i bo‘ladi, chunki harorat yulduzni o‘rab turgan yuzadan past.

– Faollik davrida dog‘ soni ortadi va quyosh faolligi darajasi yanada oshadi, – deydi NASA qarorgohidagi Fazoviy ob-havo dasturi direktori Jeymi Favors. – 25 sikldagi quyosh dog‘i faolligi kutilganidan biroz oshdi.

Tadqiqotchilar hozirgi maksimal davrda ko‘proq quyosh va geomagnit bo‘roni kuzatilishini bashorat qilmoqda. Bu avroralar tez-tez uchishi, aloqa tizimi va boshqa texnologik infratuzilmada uzilishi holatiga olib keladigan chaqnashlar hosil qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyida quyosh bir necha bor kuchli chaqnashi oqibatida so‘nggi yigirma yillikdagi eng kuchli magnit bo‘roni yuz berdi. Masalan, 3 oktyabr kuni so‘nggi 500 yildagi eng yirik va kuchli chaqnash sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Go‘zal Sattorova, O‘zA