ONLAYN: “O‘zavtosanoat” raisi avtomobillar narxlarining oshishi sabablarini tushuntirdi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi 14 foizgacha oshiriladi. 
Xalqaro press klubda bo‘lib o‘tayotgan yig‘inda “O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov narxlar ko‘tarilishining sabablari haqida izoh berdi.
“Avtosanoatda “Asaka“ zavodi asosiy ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Avtomobil sanoatimizning tang ahvolga kelish sababi:
1. Moliyaviy inqiroz;
2. Davlatda yillar davomida ikki xil davlat kurs valyutasining ishlangani;
3. KORRUPSIYA;
4. Avtoinjenering, yani bu sohada intellektual mulkimizning yo‘qligi, mutaxassislarning yetishmasligi;
Bizni kuzatib boring, avtomobillar narxlari oshishi yuzasidan aniq xabarlarni berishda davom etamiz.

 

O’zA