Toshkent shahrida O‘zbekiston-Belarus ikkinchi ayollar forumi doirasida to‘qimachilik va charmsanoati sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Unda tomonlar investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, eksport-import masalalarida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash masalalarida so‘z yuritdi. Shuningdek, to‘qimachilik, kiyim-kechak va trikotaj sanoatini rivojlantirish va eksport-import xajmini oshirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga doir choralar ham muhokama qilindi.
Tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda 2016 йилда 512,0 milliard so‘mdan ortiq sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 6,5 trillion so‘mga yetgan. 2024 yilda esa mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini qariyb 7 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
2023 yil davomida Belarus Respublikasiga 50 миллион dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tabirda o‘zbek to‘qimachilari bilan bir qatorda Belarusdagi qator yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etib, o‘zbekistonlik to‘qimachilik ishbilarmonlari bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Tadbir yakunida umumiy qiymati 4,5 million dollarlik bir qator eksport shartnomalari imzolandi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA