Kanadada shu hafta temir yo‘l orqali yuk tashish to‘liq to‘xtatilib, sezilarli iqtisodiy zarar yuzaga kelishi mumkin.

“Reuters” xabariga ko‘ra, mamlakatning ikki yirik temir yo‘l operatori yakshanba kuni 10 mingga yaqin ishchidan iborat “Teamsters” yuk mashinasi haydovchilari kasaba uyushmasiga muayyan mazmunda bildirishnoma yuborgan. Shu tariqa yuk tashish cheklovi tahdidi paydo bo‘ldi.

Ushbu mamlakat birinchi marta temir yo‘l harakati bilan bog‘liq ayni salbiy holatga duch kelmoqda. Vaziyat eksport asosini tashkil etuvchi oziq-ovqat, don, loviya, o‘g‘it, ko‘mir, yog‘och, shuningdek neft, kimyo mahsulotlari va avtomobil ta’minotiga ta’sir qilishi mumkin.

Ko‘p milliard dollarlik iqtisodiy ziyondan tashqari, mazkur taqiq Shimoliy Amerika qit’asi bo‘ylab temir yo‘l qatnovini butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

– Nizo zudlik bilan hal etilmasa, kasaba uyushmasi tarmog‘ini bosqichma-bosqich yopishda davom etishdan boshqa chora qolmaydi, – deyiladi CN bayonotida. – Natijada blokirovka yuzaga keladi. Dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaraga qaramay, hozircha sezilarli o‘zgarish yo‘q. Federal liberal hukumat kompaniyalar va kasaba uyushmalarini o‘zaro kelishmovchilikni muzokara yo‘li bilan hal qilishga chaqirgan.