Har yili o‘quv yili boshida maktab formasi qanday bo‘lishi, bu boradagi tartib-tamoyil haqidagi bahsli fikrlar ko‘payadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumta’lim maktabining bu boradagi o‘z ichki Nizomlari qabul qilingan.
Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumta’lim muassasalarining ushbu ichki Nizomlarida belgilangan. Ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, yurtdoshlarimizdan maktab formalarini majburiy joriy etilmasligiga doir tasdiqlanmagan xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz.
Maktab jamiyatimizning bir qismi, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos ko‘zgusi. Unga belgilangan tartib va talablarga amal qilgan holda, ya’ni o‘quvchilarning belgilangan formada kelishi talab etiladi.
N.Usmonova, O‘zA