Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani tanqid qilindi.

Nogironligi bor shaxslar ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati zamon talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilmagani sababli ular o‘zining mehnat salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqara olmayapti.

Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi odamlarni hayotga ilhomlantiradigan, rag‘bat uyg‘otadigan ta’sirchan kontent, she’r, qo‘shiq, film va boshqa badiiy asarlar yaratilmayapti.

O‘zA