Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan muzokara o‘tkazish uchun Ostonaga rasmiy tashrif buyurdi. Ikki davlat rahbarlari birgalikda mintaqalararo hamkorlik anjumanida ham ishtirok etadi.

RF yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, muzokarada o‘zaro munosabatning turli yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash mavzusi muhokama qilinadi. Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashiladi. Shuningdek, uchrashuvda Yevrosiyo hududida integratsion birlashish doirasida birgalikda harakat qilish bilan bog‘liq masala ham ko‘rib chiqiladi.

Putin va Toqayev video aloqa orqali Kustanayda bo‘lib o‘tayotgan “Qishloq xo‘jaligi – kuchli iqtisodiyot asosi” nomli Rossiya va Qozog‘iston mintaqalararo hamkorlik forumi XIX majlisiga ham ulanadi.