Agar issiqxona gazi emissiyasi tezda kamaymasa, sayyoradagi global isish 2030 yilga borib sanoatdan oldingi darajadan 1,5°C ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda “Nature Climate Change” jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytildi.
Olimlar ogohlantirishicha, 2029 yilga borib karbonat angidrid (CO2) emissiyasi kamaymasligi bu ehtimolni 50 foizga yetkazadi. Bu Parij iqlim kelishuvida chegara sifatida belgilangan miqdor. Issiqlik oshib ketmasligi kerak, chunki bu holat sayyora va odamlar uchun halokatli oqibatga olib keladi.
Tadqiqot muallifi Robin Lamboll so‘zlariga ko‘ra, natija insoniyat haroratni 1,5°S dan past ushlab turish uchun yetarli harakat qilmayotganini tasdiqlaydi.
Tadqiqotchilar muz erishi, metan chiqishi va okean sirkulyatsiyasi o‘zgarishi kabi ta’sirlar tufayli iqlim isishda davom etishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.