Respublikachi kongressmen, sobiq Prezident Donald Trampning tarafdori Mayk Jonson AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri etib saylandi. “CNN” telekanali xabarida ovoz berish jarayonida uning nomzodini 220 deputat qo‘llagani, raqobatchi-demokrat Hakim Jefris 209 ovoz olgani aytilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, spiker saylovida nomzodni qo‘llash uchun kamida 217 ovoz zarur.
Tramp Jonsonni g‘alaba bilan tabriklagan.
– Jonson Vakillar palatasining ajoyib spikeri bo‘ladi, biz unga yordam berishdan mamnun bo‘lamiz,- degan sobiq davlat rahbari.
Palata 3 oktyabr kuni respublikachi spiker Kevin Makkartini lavozimidan chetlatgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, spikersiz byudjet yoki boshqa qonunlar qabul qilinishi mumkin emas.
O‘zA