Respublikachi kongressmen, sobiq Prezident Donald Trampning tarafdori Mayk Jonson AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri etib saylandi. “CNN” telekanali xabarida ovoz berish jarayonida uning nomzodini 220 deputat qo‘llagani, raqobatchi-demokrat Hakim Jefris 209 ovoz olgani aytilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, spiker saylovida nomzodni qo‘llash uchun kamida 217 ovoz zarur.

Tramp Jonsonni g‘alaba bilan tabriklagan.

– Jonson Vakillar palatasining ajoyib spikeri bo‘ladi, biz unga yordam berishdan mamnun bo‘lamiz,- degan sobiq davlat rahbari.

Palata 3 oktyabr kuni respublikachi spiker Kevin Makkartini lavozimidan chetlatgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, spikersiz byudjet yoki boshqa qonunlar qabul qilinishi mumkin emas.

 

O‘zA